Vacheslav Volodin sentabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi raisi tashrif davomida O‘zbekiston parlament a’zolari bilan muzokaralar va mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin sentabr o‘rtalarida O‘zbekistonga tashrif buyuuradi hamda Nur-Sultonda Yevrosiyo davlatlari parlament spikerlarining 4-yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“16 sentabr kuni Davlat dumasi spikerining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tadi. Tashrif davomida O‘zbekiston parlament a’zolari bilan muzokaralar va mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Shuningdek, kuzgi sessiyada qator ko‘p tomonlama parlamentlararo tadbirlar o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Valentina Matviyenkoni O‘zbekistonga taklif qildi

Shuningdek, Rossiya Davlat dumasining Volodin boshchiligidagi delegatsiyasi 23-24 sentabr kunlari Nur-Sultonda Yevrosiyo davlatlari parlament spikerlarining 4-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Nashr ma’lumotlariga qaraganda, yig‘ilishda Yevrosiyo qit’asida integratsiya jarayonlarini ilgari surish masalalari, shu jumladan iqtisodiyot sohasida ko‘p tomonlama loyihalarni amalga oshirish, davlat raqamli iqtisodiyoti va raqamli suverenitetini rivojlantirishni qonuniy ta’minlash, terrorchilikka qarshi kurashish va xavfsizlikni mustahkamlash muhokama qilinadi..  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tanzila Norboyeva RFning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev bilan joriy yilning kuzida Federal majlis Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0