16:31 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zamestitel ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Dilshod Axatov vstretilsya s deputatami Palatы predstaviteley parlamenta Yaponii

Axatov Yaponiya deputatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar istiqbolini muhokama qildi

MID Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
91 0 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputatlari bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputatlari Fumiaki Kobayashi, Yasutaka Nakasone, Taro Honda va Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi Demokratik siyosat tadqiqot instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuv chogʻida boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻrish nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlari va istiqbollari koʻrib chiqilgan.

Yaqin parlamentlararo aloqalarning koʻp qirrali Oʻzbekiston – Yaponiya muloqotini kengaytirish, turli sohalarda qoʻshma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi muhim roli eʼtirof etildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abdulaziz Kamilov va Yaponiyaning maxsus vakili Hideki Uyama bilan boʻlajak oliy darajalardagi uchrashuvlarni muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular