17:38 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pod predsedatelstvom prezidenta Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos videoselektornoye soveщaniye po voprosam razvitiya fizicheskoy kulturы i sporta.

Olimpiya oʻyinlari, doping: Mirziyoyev sport mutasaddilarini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
446 0 0

Yigʻilishda prezident 2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ahvoli qoniqarli emasligini qayd etdi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, yigʻilishda bundan keyingi musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish, buning uchun joylarda zarur sharoit yaratish masalalari muhokama etildi.

Stadion
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.

2020 yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ahvoli qoniqarli emasligi, qator sport federatsiyalari va hokimliklar yuqori natijalarni taʼminlaydigan sportchilarga sharoit yaratishga yetarlicha eʼtibor bermayotgani tanqid qilindi.  

Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga saralab olingan sportchilarning yaqin oylarda oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda yuqori oʻrin egallab, Olimpiadaga litsenziyani qoʻlga kiritishlari uchun yanada keng shart-sharoit yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 

Qayd etilishicha, joylarda tashkil etilayotgan musobaqalar soni va saviyasi hozircha talabga javob bermaydi. Misol uchun, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent, Xorazm, Fargʻona hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi 131 ta shahar va tumanda joriy yilgi musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratilmagan. Yoki respublika miqyosida oʻtkazilgan 230 ta musobaqada ayrim shahar va viloyat jamoalari umuman ishtirok etmagan. Bu milliy terma jamoalar tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Shu bois yigʻilishda har bir hududdagi sport muassasalarini xatlovdan oʻtkazib, sport zaxirasini shakllantirish, selektsiya va iqtidorli sportchilarni tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻyish kerakligi taʼkidlandi. 

Mamlakatda sport farmakologiyasi boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish, yangi dori vositalarini yaratish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagani koʻrsatib oʻtildi. Bu sohada malakali mutaxassislar ham yoʻq. Koʻpchilik atletlar doping boʻlmagan qanday moddalardan foydalanish mumkinligini bilmaydi.

Sport federatsiyalarining birortasida ham terma jamoa aʼzolarining musobaqaga tayyorgarligi va tiklanish jarayonini monitoring qilish boʻyicha kompleks laboratoriya mavjud emas. Shulardan kelib chiqib, tegishli vazirliklarga sport farmakologiyasini rivojlantirish, sport federatsiyalarida ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 

Asosiy mavzular