Lavrov Xitoyni Rossiyaning katta og‘asi, deb tan olishdan bosh tortdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy Rossiya-Xitoy aloqalarini tomonlar rasman keng qamrovli ishonchga asoslangan sheriklik va strategik hamkorlik deya ta’riflashgan

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva va Pekin yaqinlashuvi, xususan, Xitoy Rossiyaning "katta og‘asi" ekani haqida gapirgan tanqidchilar fikrini keskin tanqidga oldi. U bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. RIA Novosti xabari asosida.

 SB OON  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy AQShning raketaga oid rejalaridan so‘ng BMT XK yig‘inini chaqirdi

Vazir ta’kidiga ko‘ra, Rossiya hamisha boshqa davlatlar bilan u yoki bu tomondan bo‘ladigan diktatsiz, o‘zaro manfaatli aloqalarni qurishga intiladi. U shuningdek, sheriklar bilan quriladigan aloqalarda foyda olish uchun evaziga nimadir berish lozimligini aytdi.

Lavrov so‘zlariga ko‘ra, "strategik darajaga" ko‘tarilgan Pekin bilan munosabatlar xuddi shunday o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida qurilgan.

"Bu ko‘p qirrali sheriklik va strategik hamkorlik aloqalaridir. Ularning o‘zaro manfaatli xarakteri nafaqat ko‘psonli kelishuvlarda va boshqa hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan, balki izchillik bilan amaliyotda ham hayotga tatbiq etilmoqda", - deb qayd etdi u.

Lavrov Pekinning tashqi siyosati ham xuddi ana shunday tamoyillarga asoslanishini qo‘shimcha qildi. U shuningdek, yadroviy derjavalardan faqatgina Rossiya va Xitoy Birlashgan millatlar tashkiloti Nizomi asosiy tamoyillarini himoya qilib chiqayotganligini eslatib o‘tdi.

Stodollarovie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Xitoy va Yevropa dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechmoqda

Zamonaviy Rossiya-Xitoy aloqalarini tomonlar rasman keng qamrovli ishonchga asoslangan sheriklik va strategik hamkorlik deya ta’riflashgan.

Intensiv ravishda siyosiy muloqot olib boriladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin yiliga kamida besh marotaba uchrashadilar.

Xususan, 2019-yilning aprelida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoyga ishchi tashrifni amalga oshirdi, u yerda "Bir kamar, bir yo‘l" ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etdi. Iyun oyida XXR raisi Si Szinpin Rossiyada davlat tashrifi bilan bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0