16:21 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Politsiya Kazaxstana zaderjivayet protestuyuщix prostiv avtoritarno rejima i dosrochnыx prezidentskix vыborov vo vremya oppozitsionnogo mitinga v  Alma-Ate

Qozogʻistondagi XXR elchisi Xitoyga qarshi miting ortida kim turganini biladi

© AFP 2018 / RUSLAN PRYANIKOV
Siyosat
Havola olish
620 0 0

Elchi shuningdek, norozilik namoyishida qatnashayotgan odamlar ortida Qozogʻiston aholisi orasida Xitoyga qarshi negativ kayfiyatni olov oldirayotgan kuchlar turganini taxmin qildi.

Qozogʻistondagi Xitoy elchisi Chjan Syao Qozogʻistonning toʻrtta shahrida respublika hududida 55ta xitoy zavodlari tashkil etilishiga qarshi oʻtkazilgan mitinglarga izoh berdi. Sputnik Qozogʻiston xabari asosida.

"Men, albatta bu yangi masala emasligini bilaman. Bu masala vaqti-vaqti bilan koʻtariladi va shov-shuvga aylantirilishga harakat qilinadi. Men bu mitinglarning umumiy foniga eʼtibor qaratmoqchiman. Ular ikkala mamlakat tomonidan muhim tashrifga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilayotgan bir vaqtda yuz berdi. Shu bois, aniq aytishim mumkin-ki, bu kabi harakatlar ikkiyoqlama munosabatlardagi ushbu muhim voqeaga qarshi qaratilgan", - dedi diplomat.

Taʼkidlab oʻtamiz, Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning Xitoyga tashrifi 11 va 12 sentyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.

Elchi shuningdek, norozilik namoyishida qatnashayotgan odamlar ortida Qozogʻiston aholisi orasida Xitoyga qarshi negativ kayfiyatni olov oldirayotgan kuchlar turganini taxmin qildi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda Xitoyning 55 ta zavodi quriladi degan mish-mishlardan soʻng, mamlakat boʻylab norozilik aktsiyalari oʻtkazildi. Ular Olma-ota, Aqtoʻbe, Nur-Sultonda qoʻllab-quvvatlandi. Xususan, oʻtgan dushanbada Qozogʻistondagi Janaozen shahar hokimligi binosi oldida yuzga yaqin odam toʻplandi. Yigʻilganlar mamlakatda Xitoy fabrikalarini qurmaslik talabi bilan chiqishdi.

Asosiy mavzular