09:34 17 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.77
  • EUR10438.70
  • USD9539.16
Siyosat
Havola olish
321 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Prezidentning xorijga safariga tayyorgarlik koʻrish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda muhokama qilindi.

“Shuningdek, tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik koʻrishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayerlash maqsadini ilgari surgan holda oʻzlariga asosiy vazifalarni belgilab oldilar”, - deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Urganch boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasining birinchi yigʻilishida mamlakat maqsadlaridan biri Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 10 mlrd $ gacha yetkazish ekanini maʼlum qilgan edi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin Shavkat Mirziyoyevning tashrifi 2019 yil oxirida amalga oshishi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular