16:16 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Prezident SSHA Donald Tramp

Tramp Rossiya va Ukrainani qoʻlga olinganlar qaytarilganligi bilan qutladi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Siyosat
Havola olish
365 0 0

Bugun, shanba kuni, Rossiya va Ukraina oʻrtasida soʻnggi yillardagi eng keng koʻlamli ushlab turilgan shaxslar bilan oʻzaro almashuv roʻy berdi

TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Moskva va Kiyev oʻrtasidagi kelishuv doirasida qoʻlga olingan shaxslarning qaytarilganligi munosabati bilan tabrikladi.

AQSH yetakchisi bu voqelikni "tinchlik sari ehtimoliy ulkan qadam", deb atagan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya va Ukraina yoz oylari oxirida sudlangan va qoʻlga olingan shaxslarni ozodlikka chiqarish boʻyicha ishlarni boshlab yuborgan edilar. RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumda bu masala qisqa vaqtda hal etilajagini aytgan edi.

Bugun, shanba kuni, ushbu jarayon doirasida fuqarolar RF va Ukrainaga qaytdilar.

"Rossiya va Ukraina hozirgina kattagina miqdordagi asirlar bilan almashdilar. Juda yaxshi xabar, ehtimol tinchlik sari birinchi ulkan qadamdir. Ikkala mamlakatga tabriklar!" - deb yozgan Tramp oʻz Twitterida.

Asosiy mavzular