16:06 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Vыshinskiy v Moskve rasskazal o samochuvstvii i poblagodaril kolleg

Vыshinskiy: jurnalist kasbi meni qamoqdan ozod qildi

© Sputnik .
Siyosat
Havola olish
288 0 0

Jurnalist Kirill Vыshinskiy ozodlikda amalga oshiradigan rejalari bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. RIA Novosti Ukraina portali rahbari Kirill Vыshinskiy jurnalistika uni qamoqdan chiqargani, endi u bu qarzni toʻlash uchun ham shu kasbda qolishni rejalashtirayotgani aytdi.

"Man aniq shu kasbda qolaman, nega deganda, birinchidan, kasbim meni qamoqdan ozod qildi. Shu maʼnoda men hamkasblarim oldida qarzdorman. Va, tabiiyki, bu qarzni qaytarishim kerak", - dedi Vыshinskiy RIA Novostiga bergan intervyusida.

U shuningdek, oʻz tajribasini yomon deb emas, balki dramatik deb hisoblashini qoʻshimcha qildi. U endi bularning barchasini yaxshilab tahlil qilib chiqishi lozim.

"Oʻylaymanki, jurnalist uchun eng yaxshisi, bu qayta mushohada qilib koʻriladigan, u haqda aytib berish mumkin boʻlgan tajriba boʻlishida. Va bu juda qiziq boʻlsa kerak. Bu faqatgina qamoqda oʻtirganlik haqidagi tajriba emas. Bu Poroshenkoning soʻnggi prezidentlik yilida Ukrainada kechirilgan hayot tajribasi. Oʻylaymanki, bu juda qiziq boʻladi", - deb qoʻshimcha qildi Vыshinskiy.
Moskva va Kiyev oʻrtasidagi kelishuvlar doirasida ozod etilganlar boʻlgan maxsus aviabort Rossiya poytaxtida shanba kuni ertalab qoʻndi. Rossiya va Ukraina yoz oyi oxirida sudlangan va qoʻlga olinganlarni bir vaqtning oʻzida ozod etish masalasida ishlashni boshlagan edilar. RF prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum davomida bu masala tez vaqtda hal boʻlishini aytgan edi.

Vыshinskiy oʻz-oʻzini respublika, deb eʼlon qilgan Donbassni qoʻllab-quvvatlashda va davlatga xoinlikda gumonlanib 2018 yilning 15 may sanasida Kiyevda qoʻlga olingan edi. Ushbu modda boʻyicha 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Sud Vыshinskiyga nisbatan qamoqda qoldirish jazo chorasini sakkiz marotaba uzaytirgan, 28 avgust kuni Vыshinskiy qamoqdan ozod etildi, shanba kuni esa Rossiyaga uchib keldi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu holatni "misli koʻrilmagan", deya baholab, Vыshinskiy "bevosita oʻz professional faoliyati uchun, oʻz jurnalistik funktsiyalarini bajarganligi uchun" hibsga olinganini qoʻshimcha qilgan edi.

Asosiy mavzular