19:24 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
68 0 0

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini va turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish zarurligini qayd etdilar

TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

"Muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi taʼkidlandi", - deyiladi xabarda.

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini va turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish zarurligini qayd etdilar. 

Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar, jumladan BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda Gruziya Elchisi Zurab Andushelishvili ham ishtirok etdi.

Asosiy mavzular