15:01 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
292 0 0

Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi. Bugunga qadar Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Yakkasaroy tumani hokimi boʻlib ishlab kelgan.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Baxtiyor Shomurodov Sergeli tumani hokimi etib tayinlandi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bugunga qadar Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov Yakkasaroy tumani hokimi boʻlib ishlab kelgan. Unga qadar davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar va Sergeli tuman hokimliklarida, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq deputatlar Sergeli tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Nozim Husanov nomzodini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga maʼqullashgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular