13:55 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
391 0 0

Oʻzbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga aʼzolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan. Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya kengash aʼzolari hisoblanadi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻzbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga aʼzolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etdi, bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston turkiy tilli davlatlar kengashiga aʼzolik uchun kerakli hujjatlarni taqdim etgan va ularni rasmiylashtirish yaqin vaqtlarda nihoyasiga yetkaziladi. Sammit 16 oktyabrda oʻtkaziladi”, - dedi Chavushoʻgʻli.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonning Turkiy kengashga qoʻshilish qarorini olqishladi.

Bundan tashqari, Turkmaniston kuzatuvchi-davlat maqomini olish uchun murojaat qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Turkiy Kengash turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot boʻlib, uning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan.

Ushbu tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos solingan.

 

Asosiy mavzular