15:04 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
86330

Qobul shahrida Afgʻoniston-Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Xitoy temir yoʻli marshrutining ishga tushirilishi boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Qobul shahrida Afgʻoniston-Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Xitoy temir yoʻli marshrutining ishga tushirilishi boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi.

2019 yil 11 sentyabr kuni Qobul shahridagi “Arg” saroyida Afgʻonistondan Xitoyga Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlari orqali birinchi konteyner poyezdi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi, unda Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani, Hukumat aʼzolari, Parlamentning ikkala palatasi deputatlari, Afgʻonistonning ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Afgʻoniston transport vaziri Yama Yari mamlakatda transport koridorlarini rivojlantirish va afgʻon mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish rejalari toʻgʻrisida soʻzladi. U Hayraton portidan Xitoyga 41 vagonli birinchi konteyner poyezdining muvaffaqiyatli yuborilishini olqishladi. Vazirning taʼkidlashicha, temir yoʻl transportining yoʻlga qoʻyilishi Afgʻoniston eksportini bir necha marotaba koʻpaytiradi va shu bilan birga tovarlarni tashish va yetkazib berish vaqtini kamaytiradi.

Afgʻoniston Prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani oʻz nutqida ishtirokchilar eʼtiborini Afgʻoniston oʻzining noyob geografik joylashuvi tufayli Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin ekanligiga qaratdi.

“Bugun Afgʻoniston uchun tarixiy kun, u eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻliga oʻtmoqda”, – dedi Afgʻoniston rahbari.

Muhammad Ashraf Gʻani Oʻzbekistonning mintaqadagi yuklar tranziti, transport va kommunikatsiya yoʻnalishlarini rivojlantirishdagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi va Afgʻoniston yuklarining Xitoyga tranzit qilinishiga koʻmaklashgani uchun respublika rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildirdi: “Men qadrdon doʻstim prezident Shavkat Mirziyoyevga Afgʻonistonni tiklash va rivojlantirish yoʻlida mamlakatimiz xalqi va hukumatiga koʻrsatayotgan yordam uchun samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

2019 yil 12 sentyabr kuni Qobul politexnika universitetida “Afgʻonistonning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi oʻrni” mavzusidagi konferentsiya davom ettirildi, unda Afgʻonistonning ijtimoiy-siyosiy va ishbilarmon doiralari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar. 

Asosiy mavzular