01:57 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
341 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrugʻiga asosan Oʻzbekistonning ikki viloyatiga yangi prokurorlar tayinlandi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich Fargʻona viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ulugʻbek Qosimov 1983 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.  

Xususan, 2011 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqoʻrgʻon tumani prokurori, Muzrabod tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan va ushbu kunga qadar Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ulugʻbek Qosimov tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Turdiyev Sadriddin Abdullayevich Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Sadriddin Turdiyev tayinlovga qadar Fargʻona viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Asosiy mavzular