15:00 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
160 0 0

Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ikkitomonlama munosabatlar barqaror, doʻstona tarzda rivojlanayotgani, .ikki davlat rahbarlarining yaqin munosabatlari, barcha sohadagi oʻzaro ishonchi parlamentlararo hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda kengaytirishda muhim omil boʻlayotgani qayd etilgan.

Keyingi yillardagi oliy darajadagi tashriflar yakunida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi aloqalar oʻzaro munosabatlar tarixida butunlay yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidlangan.

Vstrecha predsedatelya GD Vyacheslava Volodina so spikerom Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjonom Ismoilovыm
Press-slujba GD RF
Vstrecha predsedatelya GD Vyacheslava Volodina so spikerom Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjonom Ismoilovыm

Uchrashuvda yuqori martabali mehmonga Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yuzasidan qisqacha maʼlumot berildi.

“Oʻzbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasi yaqin qoʻshni, doʻst va ishonchli hamkor sifatida koʻriladi. Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar vaqt sinovidan oʻtgan mustahkam doʻstlik asosida rivojlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha,, Rossiya Oʻzbekistonning eng muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Davlatlar tomonidan barcha sohalarda faol hamkorlikni amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda ikki davlat rahbarlarining turli darajadagi uchrashuvlaridagi izchillik muhim ahamiyat kasb etadi.

Vstrecha predsedatelya GD Vyacheslava Volodina so spikerom Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjonom Ismoilovыm
Press-slujba GD RF
Vstrecha predsedatelya GD Vyacheslava Volodina so spikerom Zakonodatelnoy palatы Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjonom Ismoilovыm

Konstruktiv va oʻzaro ishonch ruhida kechgan uchrashuvda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarning kengayishi, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mamlakatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-maʼrifiy va boshqa sohalardagi aloqalar koʻlamini yanada kengaytirish borasida ham fikr almashildi.

Rossiya DD raisi Vyacheslav Volodin samimiy qabul va suhbat uchun minnatdorlik bildirib, konstruktiv muloqotning kelgusida ham izchil davom ettirilishida oʻzaro manfaatlilik, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlanishida parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash, bu yoʻnalishdagi hamkorlikni kuchaytirish muhim ekanini taʼkidladi.

 Predsedatel GD RF  Vyacheslav Volodin
Press-slujba GD RF
Predsedatel GD RF Vyacheslav Volodin

Muzokaralar yakunida Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik haqidagi kelishuvni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Konstruktiv, oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash zaruriyati mavjudligini qayd etdilar.

Oʻz navbatida, Rossiya parlamentariylariga Oʻzbekistonda navbatdagi parlament saylovlarini kuzatuvchi sifatida ishtirok etish boʻyicha taklifnomalar taqdim qilindi.

Asosiy mavzular