Matviyenko oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF
Prezident RF V. Putin provel zasedanie Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oktabr oyining ilk kunlarida Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Tashrif oktabr oyining ilk kunlarida amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin bilan bo‘lgan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Vstrecha predsedatelya GD Vacheslava Volodina so spikerom Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nurdinjonom Ismoilovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston — Rossiya: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik va parlamentlararo yaqin hamkorlik

Tomonlar uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama etishdi.

Shuningdek, MDH Parlamentlararo assambleyasi, Parlamentlararo ittifoq, YeXHT Parlament assambleyasi kabi xalqaro parlamentlararo tuzilmalar doirasida bundan buyon ham hamkorlik qilishga tayyor ekaniga urg‘u berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tanzila Norboyeva RFning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev bilan joriy yilning kuzida Federal majlis Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko boshchiligida Rossiya parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0