16:07 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Tanzila Narbayeva

Narbayeva: Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga qatʼiy qaror qilganmiz

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
135 0 0

Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Davlat dumasi raisining Senatga tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini aytdi.

TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatida Senat raisi Tanzila Narbayeva bilan parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash masalasini muhokama etdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Narbayeva oʻz chiqishida avvalo Vyachevlav Volodin va delegatsiya ishtirokchilariga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston Senati raisiga koʻra, Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar koʻplab sohalarga oʻzining ijobiy taʼsirini koʻrsatmoqda. Qolaversa, koʻpqirrali munosabatlarning mustahkamlanishi nafaqat parlament yoki Hukumat rahbarlari manfaatlariga xizmat qiladi, balki Oʻzbekiston va Rossiya xalqlari irodasini ifodalaydi.

"Asrlar davomida bizlarni doʻstlik rishtasi bogʻlab keldi. Asrlar davomida biz oʻzaro bir-birimizga yordam qoʻlini choʻzib, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlab kelganmiz", - dedi Narbayeva. 

Senat raisining aytishicha, ushbu tashrif parlamentlararo aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

"Prezidentlarimiz bizning oldimizga qoʻygan ustuvor vazifalarni bajarishga ulgurmayapmiz. Munosabatlarimizni yanada mustahkamlashimiz kerak. Oʻzbekiston tomoni Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni barcha yoʻnalishlarda mustahkamlashga qatʼiy qaror qilgan", - dedi oʻz soʻzi yakunida Oʻzbekiston Senati raisi.

Asosiy mavzular