Volodin: RF va O‘zbekiston parlamentlari oldida umumiy vazifalar va chaqiriqlar turibdi

© Press-slujba GD RF Predsedatel GD RF Vacheslav Volodin
 Predsedatel GD RF  Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya parlamenti qonunchilik palatasi raisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston bugungi kunda hamkorlikning mustlaqo yangi bosqichiga chiqqan, deputatlar esa faqatgina bu aloqalarning kelgusidagi rivojini ta’minlashlari lozim

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ikkiyoqlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston va RF parlamentlari oldida turgan muhim vazifalar haqida gapirdi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Narbayeva: Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga qat’iy qaror qilganmiz

Rossiya parlamenti qonunchilik palatasi raisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston bugungi kunda hamkorlikning mustlaqo yangi bosqichiga chiqqan, deputatlar esa faqatgina bu aloqalarning kelgusidagi rivojini ta’minlashlari lozim.

"O‘zaro tovar aylanmamiz 4,4 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkichni 10 milliardga yetkazishni rejalashtirapmiz. Siyosiy aloqalarimiz darajasi ham ancha yuqori - so‘nggi yillarda davlat rahbarlari o‘rtasida 11ta uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Shu vaqtga qadar ko‘plab ishlar amalga oshirildi, ammo bu avvalo davlatlarimiz yetakchilari sharofati bilan, shu bois, endilikda O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari ham o‘zaro munosabatlar rivojiga hissa qo‘shishlari kerak. Bizning vazifamiz - yuqori darajada bo‘lgan kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishini qonun darajasida ta’minlashdan iborat", - deb qayd etdi Volodin Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.

U shuningdek, O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Rossiya delegatsiyasi Oliy Majlis va Senatdagi hamkasblari bilan birgalikda partiya qurilishi, ma’muriyatchilik va budjetni boshqarish masalalarini muhokama qilishganini qo‘shimcha qildi.

Ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan, bu esa aniq masalalarning yechimini topish uchun zarur tuzilmalarni tashkil etish va munosabatlarni rivojlantirishga imkon yaratadi.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Oktabr oyida ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston forumi o‘tkaziladi

"Shu paytga qadar Qozog‘iston, Hindiston, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar bilan shunday turdagi - parlamentlararo komissiya hamkorligi mavjud edi. Endilikda bu tajribani O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga ko‘chirmoqchimiz", - deb qo‘shimcha qildi Davlat dumasi spikeri.

Volodinning so‘zlariga ko‘ra,  Rossiya dekabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga o‘z kuzatuvchilarini yuborish to‘g‘risidagi taklifnomani olgan.

"Oldinda juda ko‘p loyihalarimiz bor. Eng avvalo, qonunchiligimizni uyg‘unlashtirish, shuningdek, tavsiya xarakteriga ega bo‘lgan qonunlarni yaratish ustida ish olib borishimiz kerak. Davlatlarimiz oldida yechimi faqatgina hamkorlikka bog‘liq bo‘lgan umumiy masalalar va chaqiriqlar turibdi", - deya xotima qildi Volodin.

Yangiliklar lentasi
0