Mirziyoyev Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal predsedatelya Gosudarstvennoy dumi Rossii
Prezident Uzbekistana prinyal predsedatelya Gosudarstvennoy dumi Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vacheslav Volodin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligida delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan samarali muloqot O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga mutlaqo yangi sur’at bag‘ishlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 Predsedatel GD RF  Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston
Volodin: RF va O‘zbekiston parlamentlari oldida umumiy vazifalar va chaqiriqlar turibdi

Shu ma’noda Davlat dumasi yuksak darajali delegatsiyasining ushbu tashrifi ko‘p qirrali hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga ikki tomon ham intilayotganining navbatdagi tasdig‘idir.

Vacheslav Volodin, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun O‘zbekiston prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalangan holda davom ettirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Narbayeva: Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga qat’iy qaror qilganmiz

Qonun ijodkorligi faoliyatining turli masalalari bo‘yicha yaqin sheriklikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo aloqalar va istiqbolli kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ikki va ko‘p tomonlama kelishuvlar, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan bitimlarni amalga oshirishga ko‘maklashish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

Vacheslav Volodin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga intilishi qat’iy ekanini tasdiqladi. 

Yangiliklar lentasi
0