23:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Portfel s dokumentami

Intellektual mulk agentligiga direktor tayinlandi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Siyosat
Havola olish
73 0 0

Toʻlqin Abdusattorov Oʻzbekiston prezidenti qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Toʻlqin Abdusattorov Sayfullayevich Oʻzbekiston prezidenti qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari – Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlandi.

Toʻlqin Abdusattorov 1978 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007 yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 2003 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2019 yil mart oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korruptsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular