16:13 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Podpis dokumentov

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

© Pixabay
Siyosat
Havola olish
20810

Rahim Hakimov prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Rahim Hakimov Rasuljonovich prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi.

Rahim Hakimov 1983 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2003 yilda Namangan davlat universitetini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Yuridik fanlari doktori.

Hakimov oʻz mehnat faoliyatini 2005 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Yigʻma axborot-tahlil guruhi yetakchi ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2017 yil dekabr oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining direktori, 2018 yil iyul oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Yesemurat Kanyazov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimidan ozod etilgan edi. 

Asosiy mavzular