20:21 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
173 0 0

Seul bilan hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, savdo va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va xizmat koʻrsatish sohalaridagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Janubiy Koreyaga tashrifi davomida Seul shahri meri Pak Vonsun bilan uchrashdi.

Poytaxt hokimligi xabariga koʻra,  oʻzaro muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama etilgan. Seul bilan hamkorlikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, savdo va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va xizmat koʻrsatish sohalaridagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan.

Toshkent shahar hokimi boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtayotgan “Shaharlarning barqaror rivojlanishga bagʻishlangan urbanizatsiya forumi”da ishtirok etmoqda. Unda shaharlardagi infratuzilma qanday talablarga javob berishi kerakligi, xizmat koʻrsatish darajasi, aholi va sayyohlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ekologiyani asrash qabi qator masalalar koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular