OHIChK uchrashuvida O‘zbekistonda yoshlar radikallashuvi masalalari muhokama etiladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov yoshlarning barkamol rivojlanishi va o‘zini namoyon qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi

TOShKENT, 25 sen - Sputnik. Toshkentda yoshlarning radikallashishiga qarshi kurashish masalalari muhokama etiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbut-xizmati.

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga (OHIChK) a’zo davlatlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Tojikiston tomonini tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi va 2020-yilga mo‘ljallangan OHIChK tadbirlar rejasini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu reja O‘zbekiston tashabbusi bilan yoshlarning radikallashishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiyalar o‘tkazishni nazarda tutadi.

Shu munosabat bilan Abdulaziz Kamilov yoshlarning barkamol rivojlanishi va o‘zini namoyon qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni maqsad qilgan BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Nutq so‘ngida Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta`minlash kabi umumiy ezgu maqsadlarga erishish imkonini beruvchi ishonchni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli yechimlarni topish bo‘yicha sa’y-harakatlarni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0