Vladimir Putin Nikolas Maduroni qabul qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina s prezidentom Venesueli N. Maduro
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s  prezidentom Venesueli N. Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin va Maduro Kremlda Rossiya va Venesuela munosabatlarini hamda Bolivariana Respublikasi ichki ishlariga uchinchi mamlakatlar aralishishi muammosini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Ayni damda Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.  

Uchrashuv davomida Vladimir Putin, yana bir bor Venesuela qonuniy hukumatini qo‘llab quvvatlashini ta’kid ladi.

“Biz Venesuela hukumati va siz janob prezident muxolifat kuchlari bilan olib borayotgan dialogni qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Putin.  

Venesuela prezidenti, o‘z navbatida, Moskva va Karakas har qanday qiyinchilikni birgalikda yengib o‘tishlari mumkinligiga ishonch bildirdi.

Voyennoslujashie VS Venesueli - Sputnik O‘zbekiston
Venesuela amerikalik diplomatlardan mamlakatni 72 soat ichida tark etishlarini talab qildi

Uchrashuvda ikkala tomon iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash haqida kelishib olishdi. Xususan, 2019-yilda Rossiya Venesuelaga bug‘doy yetkazib berish hajmini 2,4 baravarga oshirishi, energetika, mashinasozlik va konchilik sanoatlarida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Shuningdek Rossiya Venesuelaga 1,5 million doza grippga qarshi vaksina yetkzib beradi.

Undan tashqari ikki davlat orasida harbiy-texnik hamkorlik ham rivojlanib boradi. Rossiya yetkazib berilgan harbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatishda davom etadi.

Ma’lumot uchun, Moskva Karakas orasida do‘stona munosabatla 1996-yilda boshlangan edi. O‘shanda ikki davlat Do‘stlik va hamkorlik haqida shartnoma imzolashgan edi. Rossiya Venesuelaning ichki muammolarini, tashqaridan aralashmasdan, tinchlik yo‘li bilan hal qilish tarafdori.

Yangiliklar lentasi
0