Kamilov hindistonlik hamkasbi bilan bo‘lajak uchrashuvlarni muhokama qildi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Nyu-Yorke vstretilsya s Ministrom inostrannix del Respubliki Indiya Subraxmanyamom Djayshankarom
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov v g.Nyu-Yorke vstretilsya s Ministrom inostrannix del Respubliki Indiya Subraxmanyamom Djayshankarom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida hindistonlik hamkasbi Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida hindistonlik hamkasbi Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning ustuvor masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Hindiston rahbarlarining muntazam muloqoti natijasida ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan yangicha shiddat mamnuniyat bilan qayd etildi.

Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston kompaniyasi Sergelida ko‘p qavatli uylar quradi

Suhbatda tovarlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasini kengaytirish, savdo aylanmasi hajmlarini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga urg‘u bergan holda hamkorlikning iqtisodiy bloki masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Turli darajadagi bo‘lajak O‘zbekiston-Hindiston uchrashuvlarining jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi sherikchilik masalalari ham muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0