12:19 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
320 0 0

Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Bugun, 1 oktyabr kuni Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

Senat axborot xizmatining xabar qilishicha, martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Oliy Majlisi senati raisi Tanzila Norboyeva, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov, Rossiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Rossiya spikerining Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, Matviyenkoning tashrif doirasida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi federatsiya kengashi hamkorligi boʻyicha parlamentlararo komissiyasining majlisi  oʻtkazilishi, Oʻzbekiston-Rossiya va Rossiya-Oʻzbekiston ishbirlarmon doiralari kengashlarining majlisi hamda Oʻzbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federal Majlisi federatsiya kengashi devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular