21:47 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga qachon borishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
51410

Oliy Majlis Senati raisi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga navbatdagi tashrifi qachon boʻlib oʻtishini xabar qildi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif bilan 2020 yilning fevral oyida keladi deb xabar qildi Oliy Majlis Senati raisi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Rossiya-Oʻzbekiston Ishchi kengashining 4-majlisida. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

“Ishonchim komilki, Shavkat Mirziyoyevning kelasi yil boshida rejalashtirilgan tashrifi bizning aloqalarimizni mustahkamlash yoʻlida qoʻyilgan yana bir qadam boʻladi”, - dedi Safayev.

Eslatib oʻtamiz, bugun Rossiya Federatsiya kengashining raisi Valentina Matviyenkoning Oʻzbekistonga tashrifi boʻlib oʻtmoqda. Tashrif doirasida Oʻzbekistonning Qonunchilik muammolari hamda parlamentlararo izlanishlar instituti va Rossiya Federatsiya kengashi apparati orasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolash rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular