12:53 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Chetvertoye zasedaniye uzbeksko-rossiyskogo Delovogo soveta v Tashkente

Oʻzaro hamkorlikda kelgusi "oʻsish nuqtalari" aniqlab olindi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
178 0 0

Rossiya delegatsiyasi vakillarining taʼkidlashicha, Oʻzbekiston bugungi kunda Rossiya biznesi uchun eksport jozibadorligi boʻyicha hamda rossiyalik investorlar uchun manfaatli hamkorlar qatorida birinchi oʻrinni egallaydi.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Toshkentda RF Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi V.Matviyenko rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston-Rossiya va Rossiya-Oʻzbekiston Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Rossiya Savdo-sanoat palatasi sayti.

Rossiya-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi, Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi prezidenti Fedor Degtyarev Rossiya biznesining oʻzbek bozoriga qiziqishining tobora ortishi yuzasidan mulohaza qilar ekan, u “bugungi kunda Oʻzbekistoning xoʻjalik subʼyektlari bilan Rossiyaning deyarli barcha regionlari hamkorlik oʻrnatgan", deydi. Bularning qatorida eng faollari sifatida Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston va Boshqortiston Respublikalari, Krasnodar oʻlkasi, Chelyabinsk, Orenburg, Novosibirsk, Sverdlovsk, Tyumen, Ivanov va Samara viloyatlari sanab oʻtildi.

Federatsiya Kengashi raisi oʻrinbosari Ilyos Umaxanov, mazkur kengash yigʻilishining asosiy maqsadi - mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun har jihatdan qulay sharoitlarning qonuniy asoslarini taʼminlab berishdan iborat ekanligini aytib oʻtdi. 

“Rossiya kompaniyalari bugunda, haqiqatdan ham, Oʻzbekiston bilan hamkorlikka qiziqishlari yuqori. Rossiyalik investorlar uchun respublika, manfaatdorlik nuqtai nazaridan, birinchi oʻrinda”, deya qayd etdi rossiyalik senator.

Majlisning boshqa ishtirokchisi Rossiya Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalko  oʻz chiqishi davomida Oʻzbekiston bilan mintaqalararo savdo-iqtisodiy hamkorlikni taraqqiy ettirish kerakligini taʼkidladi.

“Oʻzbekiston bugun Rossiya biznesi uchun eksport jozibadorligi boʻyicha birinchi oʻrinni egallaydi”, - dedi V.Padalko. Kichik va oʻrta tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha hamkorlikni rivoj toptirish, oʻzaro oʻsish nuqtalarini hamda investitsiya uchun salohiyatli loyihalarni aniqlash boʻyicha tahliliy faoliyatni kuchaytirish kerakligiga alohida eʼtiborini qaratdi.

Palata vitse-prezidenti, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik borasidagi siyosatda oʻzaro tajriba almashinuvi muhimligi va bu maʼnoda, Oʻzbekistonda “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonunning tadbiq etilgandan keyingi ilk amaliy natijalariga Rossiya Savdo-sanoat palatasining qiziqishi yuqori ekanligini aytib oʻtdi.

Tadbir doirasida transport xavfsizligi sohasida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha AO «GLONASS» va «SMARTGEO» MCHJ oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.


2018 yil natijalari boʻyicha, Rossiyaning Bojxona xizmati maʼlumotlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovarayirboshlash 20% ga oshdi va 4,4 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etdi; eksport 26,5%ga – 3,3 mlrd. AQSH doll.gacha oshdi; import esa 3,5% ga, yaʼni 1,1 mlrd. AQSH doll.ga yetdi.

2019 yil yanvar-iyul oylarida Rossiya va Oʻzbekiston tovarayirboshlash koʻrsatkichlari 11,9% ga oʻsib, 2,7 mlrd. doll.ni tashkil etdi. Shu oʻrinda, eksport – 13,1% ga – 2 mlrd. AQSH doll.gacha, import – 8,3% - 700 mln. AQSH doll.gacha oʻsdi.

Asosiy mavzular