TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif davomida nimalar rejalashtirilayotgani maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.
“Biz hozir kelgusi yilning fevral oyi boshida amalga oshirilishi kerak boʻlgan Oʻzbekiston prezidenti tashrifiga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqdamiz. Tashrif davomida 12 ta yangi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanishi kutilmoqda”, - dedi Matviyenko Oʻzbekiston Oliy Majlisi senati raisi Tanzila Norboyeva bilan boʻlgan uchrashuvda.
Matviyenko ushbu tashrif doirasida birinchi Rossiya-Oʻzbekiston gumanitar forumi boʻlib oʻtashini qayd etdi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2020 yilning fevral oyida Rossiyaga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.