11:48 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Putin Rossiya nega dollardan voz kechishi kerakligini tushuntirdi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Siyosat
Havola olish
155230

Rossiya yetakchisi fikriga koʻra, AQSH, dollardan foydalanishga taʼqiq qoʻyib, "dollarni oʻz qoʻllari bilan oʻldirmoqda" va unga boʻlgan ishonchni ham yoʻq qilmoqda

TOSHKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya dollardan toʻlov instrumenti sifatida voz kechishga hech qachon urinmagan, lekin oʻzini xatardan saqlashga majbur, deya bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

"Biz, aytish joizki, hech qachon toʻlov instrumenti sifatida dollardan voz kechish vazifasini oʻz oldimizga qoʻymaganmiz. Lekin, shunchaki, oʻzimizni xavfsizlantirish haqida oʻylashga majburmiz", - dedi davlat rahbari "Rossiya energetik haftaligi" forumi doirasida chet davlatlarning tegishli idoralari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvi davomida.

Prezident soʻzlariga koʻra, AQSH, dollardan foydalanishga cheklov qoʻyib, "dollarni oʻz qoʻllari bilan yoʻq qilmoqda", unga boʻlgan ishonchni ham.

Rossiya rahbari shuningdek, koʻplab mamlakatlarning oltin-valyuta zaxiralari dollarda oʻz ifodasini yanada kamroq topayotganiga, jahon savdosining dollarda hisob-kitob koʻlami pasayayotganiga eʼtibor qaratdi. AQShning dollar hisob-kitobidan siyosiy kurash instrumenti sifatida foydalanishi shunga olib kelmoqdaki, koʻplab mamlakatlar milliy valyutadagi hisob-kitoblarga oʻtishni oʻylab qolmoqda.

Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari oʻrtasida hisob-kitobning 72%i rublda amalga oshirilayotganini ham eslatib oʻtdi.

Sal oldin eng yirik investbanklardan biri boʻlgan JP Morgan Chase dollar jahon zaxira valyutasi maqomidan ayrilishini, bu voqea tez orada roʻy berishini aytgan edi. Xususan, mashhur moliyachi, A. G. Bisset Associates rahbari Ulf Lindal soʻzlariga koʻra, yaqin besh yilda amerika pul birligi yevroga nisbatan 40 foizga oʻz qadr-qimmatini yoʻqotadi.

Asosiy mavzular