07:36 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Flag Uzbekistana

Oʻzbekiston Turkiy Kengashga nega aʼzo boʻldi?

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
54320

Oʻzbekiston Turkiy Kengashga nega aʼzo boʻldi? Oʻzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev bu boradagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Oʻzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev respublikada soʻnggi uch yilda tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida amalga oshirilgan va joriy islohotlar yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Maqolada mamlakatning xalqaro hamkorlikdagi maqsad va vazifalari aniqlashtirilganligi va boyitilganligi qayd etilgan holda, respublika ilgarigi, asosan ikkitomonlama munosabatlar bilangina cheklanmasdan, bora-bora koʻptomonlama mexanizmlarga ham eʼtiborini kuchaytirayotgani eʼtirof etiladi.

“Yangi Oʻzbekiston” tushunchasining xalqaro maydonda paydo boʻlganiga ham maqolada alohida urgʻu berilgan.

Oʻzbekistonning yaqin kunlarda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo boʻlganligiga asoslar qatorida quyidagilar keltirib oʻtilgan:

- kengash davlatlari - Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston bilan respublikaning aloqalari ilgari misli koʻrilmagan darajaga koʻtarilganligi;

- Turkiy kengashga aʼzo davlatlar bilan oʻzaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40 % dan ziyod oshgani;

- Markaziy Osiyo va undan ham kengroq makromintaqada faoliyat koʻrsatayotgan muhim xalqaro tashkilotlardan birining boshqaruvida, uning kun tartibi, kelajagi, ustivor yoʻnalishlarini belgilashda bevosita ishtirok etish huquqiga ega boʻlgani;

- savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, yetakchi sanoat korxonalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlik tuzilmalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirishga imkon yaratilishi;

- istiqbolda, xalqaro tranzit, transport yoʻnalishlarining integratsiyalashgan tarmogʻini yaratish, dunyo va mintaqadagi asosiy bozorlarga chiqish imkoniyatlari.

Turkiy kengash bosh kotibining Toshkentga tashrifi kutilmoqda

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston joriy yil 16 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilish orqali toʻlaqonli aʼzo boʻldi.

Shu kunlarda kengash bosh kotibi Bagʻdod Amreyev Toshkentda rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi.

Ertaga, 5 oktyabr kuni Toshkentda Turkiy kengashga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning Tadbirkorlar kengashi va Investitsion biznes-forumini oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unda turkiy tilli davlatlardan 300 dan ortiq ishbilarmon doiralar vakillari tashrif buyurishi, ikkitomonlama va koʻptomonlama loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.

15 oktyabr kuni esa Baku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy kengashning navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvida Oʻzbekiston ilk bor toʻlaqonli aʼzo-davlat sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular