12:47 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilishi Qirgʻizistonga foydali boʻladimi – ekspert fikri

Sputnik
Siyosat
Havola olish
141043

Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilish masalasini oʻrganmoqda. Qirgʻizistonlik siyosatshunosning fikriga koʻra, bu Qirgʻizistonga muammo tugʻdirishi mumkin. Bu masala yuzasidan Qirgʻiziston bosh vaziri maslahatchisi javob berdi.

TOSHKENT, 4 okt – Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri maslahatchisi Kubat Raximov Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilishi Qirgʻizistonga foydali boʻladi deb aytdi.   

Sputnik Qirgʻiziston yozishicha, "Evroosiyo haftaligi" IV xalqaro forumi yakunlari boʻyicha: "Evroosiyo iqtisodiy taraqqiyotining asosiy va istiqbolli yoʻnalishlari" davra suhbati oʻtkazildi.

Unda siyosatshunos Arkadiy Gladilov Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlishni oʻrganayotganini eslatdi. Uning fikricha, bu Qirgʻizistonga muammo keltirib chiqaradi.

“Qanday oqibatlar boʻlishi mumkin? Ular bizni bojxona bojlari boʻlinishida 1,9 foizdan 1,5 yoki umuman 1,2 foizga surib qoʻyishi mumkin. Bu bilan biz koʻp miqdorda pul yoʻqotishimiz mumkin. Hozir bizning migrantlar Rossiyada (YEOIIga aʼlo boʻlishi hisobiga – tahr.) koʻplab imtiyozlarga ega. Oʻzbekistonda ishsizlik va aholisi koʻp. Shu hisobida bizning migrantlarga noqulaylik yuzaga kelishi mumkin”, - deydi Gladilov.

Raximov bojxona boji ulushi boʻyicha foizda kam boʻlishi mumkin, biroq pul qiymatida oʻsha yoki undan koʻproq boʻladi, “chunki umumiy qozon kattalashadi”.

“Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilishi Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishi ishga tushirish ilgagi (trigger) boʻladi, bu yerda mamlakatimiz yutadi, bu yerda geosiyosiy qarama-qarshilik olib tashlanadi. Migrantlar boʻyicha: qirgʻizistonliklar rus tilini bilish koʻniklamalari boʻyicha ham Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolariga qaraganda yaxshiroq”, - deb javob qaytardi bosh vazir maslahatchisi.

Asosiy mavzular