06:35 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Pervыy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlis Sadыk Safayev

Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YEOII muzokaralari haqida

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
225830

Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashi delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrifi natijalari boʻyicha axborot berdi. U respublikaning YEOIIga qoʻshilish masalasi boʻyicha aniq qaror qabul qilinmaganini maʼlum qildi.

Safoyevning soʻzlariga koʻra, Valentina Matviyenkoning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qoʻshilish haqidagi bayonoti haddan tashqari rezonansga ega emas, chunki shunday rejalar soʻnggi uch yil davomida muhokama qilingan, ammo yakuniy qaror qabul qilish uchun har tomonlama puxta tahlilni talab qiladi.

“Bu haqda prezidentning oʻzi parlament oldida gapirgan, bundan tashqari, avgust oyida Belarusda bitim imzolangan, u yerda, shu qatorda, Belarusning YEOIIdagi tajribasini inobatga olgan holda hamkorlik masalalarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida band bor edi. Bu mavzu yangi emas. Ekspert guruhlari ishlamoqda, masalani oʻrganishmoqda. Barcha ijobiy va salbiy tomonlar taqqoslanishi bilan qarorni eʼlon qilamiz”, - deb taʼkidladi Senat vakili.

 “Oʻzbekistonning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi, agar Oʻzbekiston qaror qabul qilsa va shunga murojaat qiladigan boʻlsa, har bir davlatning konsensus - har bittasi shunga rozi boʻlishi kerak. Shuning uchun biz ular bilan muzokaralar olib borishimiz, ishchi guruhi tuzishimiz kerak”, - deydi Safoyev.

Safoyev ittifoqqa qoʻshilish masalasida bosim oʻtkazilishi ehtimoli mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan:

“Oʻzbekiston – unga bosim oʻtkazish mumkin boʻlgan davlat emas, prezidentimiz bosim ostida egiladigan siyosatchi emas. Va buni hamma juda yaxshi biladi. Shunday ekan, hech qanday bosim haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas. YEOII aʼzo davlat vakillaridan savollar boʻldi, turli fikrlar bildirildi. Muzokaralar ketyapti – ikki tomon manfaatlari haqida. Bu yerda oddiy diplomatik jarayon ketayapti”, - deb qoʻshimcha qildi siyosatchi.

Safoyev taʼkidlashicha, Oʻzbekiston har qanday tashkilotga aʼzo boʻlishda faqat oʻz manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi.

“Bizda uch yildan beri ochiq tashqi siyosat olib borilayapti. Biz 25 yil davomida qoʻrqqan, qochgan - Turkiy kengashga qoʻshildik, endi Yevropa Ittifoqi bilan Yevropa bozorlariga chiqish uchun kengaytirilgan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvni muhokama qilmoqdamiz. Biz YEOIIga qaraganda koʻproq rivojlangan platformalar mavjudligini tushunamiz - masalan, Yevropa ittifoqi. Ammo bu uyushma doirasida davlatlar oʻz mustaqilligining bir qismini - moliyaviy, qonunchilik, sud sohalarida yoʻqotadilar, chegaralar boʻyicha ham imtiyozlar mavjud va hokazo. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi buni nazarda tutmaydi. Shuning uchun, qaror qabul qilganimizda, birinchi navbatda ushbu tomonlarga eʼtibor qaratamiz”, - deb xulosa qildi Safoyev.

Oliy Majlis Senat raisi birinchi oʻrinbosarining izohini toʻliq quyidagi rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

 

Asosiy mavzular