11:48 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
V ramkax vizita delegatsii MVD Rossii v Uzbekistan sostoyalas vstrecha chlenov delegatsii s ministrom vnutrennix del Respubliki Uzbekistan general-leytenantom P .Bobojonovыm.

Poʻlat Bobojonov rossiyalik hamkasblari bilan uchrashdi

MVD Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
190 0 0

Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xodimlari uchun yuqori tashkilotchilik va professional darajada oʻtkazilgan mahorat darslari uchun Irina Volk¬ka samimiy minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya IIV delegatsiyasi aʼzolarini qabul qildi.

IIV matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, vazir Poʻlat Bobojonov muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi samarali hamkorlik aloqalari mustahkam va keng istiqbolga ega ekanini taʼkid­lab oʻtgan.

Qayd etilishcha, vazir yaqin kelajakda MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDHga aʼzo davlatlarning poytaxtlardagi ichki ishlar organlari va politsiya rahbarlari yigʻilishi kabi formatni yaratish, birinchi majlisni esa Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisida taklif kiritilishi rejalashtirilayotganini bildirgan.

Poʻlat Bobojonov Rossiya IIVning jamoatchilik va OAV bilan ishlash xizmatlari faoliyatiga yuqori baho berdi va Rossiya delegatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xodimlari uchun yuqori tashkilotchilik va professional darajada oʻtkazilgan mahorat darslari uchun Irina Volk­ka samimiy minnatdorlik bildirgan.

Oʻz oʻrnida, Rossiya IIVning Moskva shahri boʻyicha bosh boshqarmasi boshligʻi, politsiya general-leytenanti Oleg Baranov iliq va samimiy qabul uchun tashakkur bildirib, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishni oʻzaro manfaatli hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri deya qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olishdi.

Asosiy mavzular