11:45 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Mirziyoyev i Raxmon proveli peregovorы v Dushanbe

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etdi

© Press-slujba prezidenta Tadjikistana
Siyosat
Havola olish
13420

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik.  Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 oktyabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Suhbat avvalida davlat rahbari prezident Emomali Rahmonni tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Tojikiston rahbari mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlash, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash va aholi farovonligini oshirishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon ustroil vecher Drujbы dlya uchastnikov Pyatogo sammita Soveщaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii
Press-slujba prezidenta Respubliki Tadjikikstan

Siyosiy iroda va qabul qilingan amaliy qadamlar tufayli Oʻzbekiston-Tojikiston koʻp qirrali munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak darajaga - strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi. Oʻtgan yilgi oliy darajadagi oʻzaro tashriflar natijasida muhim kelishuvlarga erishildi va ikki tomonlama hamkorlikning eng oʻtkir masalalari boʻyicha oʻzaro maqbul yechimlar topildi.

Soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasidagi savdo hajmi ikki barobar ortdi, havo, avtomobil, temir yoʻl transporti qatnovi salmoqli darajada kengaydi. Chegaradosh hududlar oʻrtasida yaqin aloqalar yoʻlga qoʻyildi. Madaniy-gumanitar almashinuv faollashdi.

Tojikiston va Oʻzbekiston yil davomida qanday yutuqlarga erishdi?

Davlat rahbarlari hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va har tomonlama hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidladilar.

Asosiy mavzular