11:47 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Pogranichnik, arxivnoye foto

Oʻzbekiston-Turkmaniston chegaralari yakuniy demarkatsiyasi

© AP Photo / Gregory Bull
Siyosat
Havola olish
35910

Ikki davlat delegatsiyalarining Nukusda boʻlib oʻtgan muzokaralari natijasida qolgan chegara hududlarini demarkatsiya qilish yuzasidan hujjat tayyorlandi. Shartnoma imzolanishi hukumatlararo komissiyasi yigʻilishida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. 2019 yilning 30 sentyabr - 6 oktyabr kunlari Nukus shahrida Oʻzbekiston va Turkmaniston  oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Qoʻshma Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

“Tadbir davomida tomonlar demarkatsiyaning meʼyoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Qoʻshma Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar”, - deyiladi TIV matubot xizmati tarqatgan maʼlumotda.

Uchrashuvda, shuningdek, oʻzaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari - Oʻzbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Toʻlqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mammedov tegishli Bayonnoma imzoladilar.

Sobiq ittifoq qulaganidan soʻng, Oʻzbekistonning qator qoʻshni davlatlari bilan alohida chegara hududlari muvofiqlashtirilmaganicha qolgan edi. Oʻzbek-turkman chegarasining umumiy uzunligi 1 650 km.ni tashkil etib, uning ayrim hududlarini demarkatsiya qilish yuzasidan ilk shartnoma 2000 yilda imzolangandi. Ushbu masala yuzasidan kelishuv jarayoni 2017 yilda Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti boʻlib saylanganidan keyingina oʻz ishini qaytadan boshladi.

Asosiy mavzular