Mirziyoyev Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin na neformalnom sammite SNG
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin na neformalnom sammite SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, yettinchi oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 67 yoshga to‘ldi. Prezident o‘z tavallud ayomini oila a’zolari va do‘stlari davrasida nishonlaydi.

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Putin na otdixe v sibirskoy tayge - Sputnik O‘zbekiston
Putin Sibir o‘rmonida hordiq chiqardi – video

Suhbat avvalida davlat rahbari rossiyalik hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti ta’minlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oshib, mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekaniga e’tibor qaratdilar.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklikni mamlakatlar va xalqlar farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0