11:48 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Rayon Minato v Tokio

Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga boradi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Siyosat
Havola olish
13510

2019 yil oxirida Yaponiyaga boʻlajak tashrif doirasida energetika, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarida shartnomalar imzolanadi. 

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Iqtisodiy va ijtimoiy investitsiya loyihalariga bagʻishlangan majlisda maʼlum boʻldi.

Ministerstvo po razvitiyu informatsionnыx texnologiy i kommunikatsiy

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yil oxirida prezidentning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrifga tayyorgarlik koʻrish doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan. 

Undan tashqari, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostantsiya qurish, suv tozalash va suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga moʻljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Asosiy mavzular