12:58 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabrya prinyal delegatsiyu Respubliki Tadjikistan vo glave s predsedatelem Madjlisi Namoyandagon Madjlisi Oli etoy stranы Shukurdjonom Zuxurovыm.

Mirziyoyev Tojikiston Oliy Majlisi vakillar palatasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Siyosat
Havola olish
61 0 0

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Oliy Majlisi vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, oliy darajadagi oʻzaro ishonchga asoslangan muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli koʻrilmagan yuksak darajaga koʻtarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy martabali mehmon, oʻz navbatida, prezidentga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oʻzaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani qayd etildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Chegaradosh hududlar oʻrtasida, madaniy-gumanitar sohada almashinuvlar kengaymoqda. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratilmoqda. 

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qoʻmitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuv soʻngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yoʻlida doʻstlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashishga tayyor ekanini bildirdi.

Tojikiston Oliy Majlisi vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida mamlakat parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

Asosiy mavzular