22:02 10 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova

Abdulaziz Kamilov Ashxoboddagi vazirlar kengashi majlisida ishtirok etadi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Siyosat
Havola olish
81 0 0

Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

TIV xabariga koʻra, majlis 10 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Majlis davomida MDH Davlat rahbarlari kengashining boʻlajak majlisi kun tartibi, unda imzolanadigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, MDH TIV xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishadi.

Asosiy mavzular