Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Ozarbayjonga tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
15 oktabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy kengashning navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvida O‘zbekiston ilk bor to‘laqonli a’zo-davlat sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya shaklida kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

Generalniy sekretar Soveta sotrudnichestva turkoyazichnix gosudarstv  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibini qabul qildi

“Majlisda joriy yilning 14-15 oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammitida ishtirok etish bo‘yicha oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik masalasi muhokama etildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Majlis ishtirokchilari O‘zbekiston va Ozarbayjonning investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishdi. Batafsil tahlil jarayonida ozarbayjonlik sheriklar bilan yangi istiqbolli yo‘nalishlarni qamrab olgan holda o‘zaro hamkorlik maydonini kengaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi aniqlandi va amalga oshiriladigan qator loyihalar ishlab chiqildi.

Ikki davlat iqtisodiyotining bir-birini to‘ldirishi va Ozarbayjonlik salohiyatli sheriklarning katta qiziqishi investitsiya va savdo- iqtisodiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turkiy Kengashga nega a’zo bo‘ldi?

Jarayonni faollashtirish uchun vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining investorlar va shartnoma sheriklari bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida Ozarbayjonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha taklif ilgari surildi va qo‘llab-quvvatlandi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilish orqali to‘laqonli a’zo bo‘ldi. 15-oktabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy kengashning navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvida O‘zbekiston ilk bor to‘laqonli a’zo davlat sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0