13:21 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
23010

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Olmazor business city” ishbilarmonlik markazi qurilishi bilan tanishdi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Olmazor business city” ishbilarmonlik markazi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif davomida Mirziyoyev bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi. Qurilishda qoʻllanilayotgan innovatsion, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida eʼtibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom sovremennыx energoeffektivnыx domov
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Olmazor business city” ishbilarmonlik markazi qurilishi bilan tanishdi.

“Uylar sonini koʻpaytirish, energiyani tejash orqali turar joylar narxini arzonlashtirish kerak. Buning uchun qurilish materiallari, bazalt tolasi ishlab chiqarish korxonalarini koʻpaytirib, har bir hududga yetkazib berish zarur”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Binokorlik ishlarining borishi, oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi. Qurilishda mahalliy materiallardan foydalanilayotgani, uylar ham toʻliq mamlakatda ishlab chiqarilgan maishiy texnika va mebellar bilan jihozlanishi taʼkidlandi. 

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom sovremennыx energoeffektivnыx domov
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Olmazor business city” ishbilarmonlik markazi qurilishi bilan tanishdi.

Shu yerda Olmazor tumani faollari bilan ham muloqot boʻldi.

Mazkur inshootni qurish ishlari joriy yil fevral oyida boshlangan.

Maydon 6 ta lotga boʻlingan boʻlib, birinchi va ikkinchi lotlarda savdo markazi, ofislar va koʻngilochar maskanlar bunyod etilmoqda. Uch, toʻrt va beshinchi lotlarda 2 ming 100 xonadonga moʻljallangan 28 ta koʻp qavatli uy, oltinchi lotda 300 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda 500 oʻrinli maktab qurilmoqda. Uylarning birinchi qavatidan savdo doʻkonlari oʻrin oladi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom sovremennыx energoeffektivnыx domov
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Olmazor business city” ishbilarmonlik markazi qurilishi bilan tanishdi.

Xonadonlarda alohida isitish tizimi oʻrnatiladi. Devorlar yetti qatlamdan iboratligi, jumladan, bazalt tolasi bilan qoplangani qishda issiq, yozda salqin haroratni yaxshi saqlaydi.

Asosiy mavzular