23:15 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
528 0 0

Joriy yil 22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman va shahar kengashiga deputatlar saylovi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda rasmiy faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar Markaziy saylov komissiyasiga barcha zarur hujjatlar va imzo varaqalarini taqdim etdi. Endilikda ular ekspertlar tomonidan tekshiriladi, deyiladi Markaziy saylov komissiyasi rasmiy saytida.

Respublikada navbatdagi parlament saylovlari 22 dekabrda boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonning saylov qonunchiligiga koʻra, deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan ilgari suriladi. Nomzodlarning roʻyxatdan oʻtkazilishi saylovgacha 35 kun qolganda yakunlanadi.

Oʻzbekistonda rasman beshta partiya – Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi roʻyxatdan oʻtgan.

Partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari besh kun ichida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilib, partiyalarning saylovda ishtirok etish huquqi rad etilgan-etilmaganligi aniqlanadi.

Saylovlarda qatnashish uchun har bir partiya 40 000 dan kam boʻlmagan sonda imzolarni jamlashi talab qilingan edi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent) toʻplangan imzolar soni talab qilingan 8% dan oshmasligi kerak.

Oʻzbekiston Saylov kodeksiga muvofiq, saylovchilar bir yoki bir necha partiyani qoʻllab imzo qoʻyish huquqiga ega.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Asosiy mavzular