07:57 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
15601

Oʻzbekiston prezidenti MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga joʻnab ketdi.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati bergan xabarga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Kengash majlisi 11 oktyabrga moʻljallangan. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyevning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahrida boʻlib oʻtadigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etishi haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular