12:29 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Igor Dodon bilan uchrashdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
268 0 0

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidenti Igor Dodon bilan uchrashib oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 10 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova Respublikasi prezidenti Igor Dodon bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, uchrashuvda Moldova va Oʻzbekiston oʻrtasida ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etilgan hamda oʻzaro almashinuvlarni faollashtirish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olingan. Shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

Eslatib oʻtamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga tashrif buyurgan. Turkmaniston poytaxtida 11 oktyabr kuni MDH sammiti boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida Oʻzbekiston prezidenti qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirgan. 

Asosiy mavzular