23:45 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
20410

Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasida uch mamlakat Davlat chegaralarining tutash nuqtasi hududi toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi yorliqlarni almashish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash marosimida ishtirok etdi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Ashxobod shahrida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrtasida uch mamlakat Davlat chegaralarining tutash nuqtasi hududi toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi yorliqlarni almashish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash marosimida ishtirok etdi.

Shartnoma 2017 yil 10 noyabrda Samarqand shahrida imzolangan

“Hujjatni, shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov ham imzoladilar”, - deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, imzolangan bayonnomaga koʻra bitim 2019 yil 10 oktyabrda kuchga kirdi.

Asosiy mavzular