17:52 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
183 0 0

MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 11 okt - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv MDH Davlat rahbarlari kengashining Ashxoboddagi majlisi dasturi doirasida boʻlib oʻtdi

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari bugun yuksak darajaga koʻtarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uchrashuvda savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini koʻrib chiqdilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga tashrif buyurgan. Turkmaniston poytaxtida 11 oktyabr kuni MDH sammiti boʻlib oʻtadi. Sammit doirasida Oʻzbekiston prezidenti qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular