10:25 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
284 0 0

Turkmanison poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekiston 2020 yilda MDHda raislik qiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara oʻtkazdi.

Unda nutq soʻzlagan Shavkat Mirziyoyev Hamdoʻstlik doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi hamda sheriklikning istiqbolli yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratdi.

Qayd etilishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Oʻzbekiston uchun, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish jihatidan manfaatlidir. Soʻnggi yillarda mamlakatning ushbu tashkilotdagi ishtiroki ancha faollashdi.

Uchrashuvda 2020 yilda MDHda raislik Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtishi toʻgʻrisidagi qaror barcha tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Asosiy mavzular