15:23 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
11 oktyabrya 2019. Zasedaniye Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG).

Mirziyoyev, Rahmon va Jeenbekov Markaziy Osiyoda terrorizm tarqalmoqda deb aytishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
134120

Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston prezidentlari Markaziy Osiyoda ekstremistik gʻoyalar tarqalishi masalasini koʻtarishdi.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. MDH davlat rahbarlari sammitida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston prezidentlari Markaziy Osiyoda ekstremistik gʻoyalar tarqalishi masalasini koʻtarishdi, deb xabar qildi BELTA nashri.

 Prezident RF Vladimir Putin na tseremonii sovmestnogo fotografirovaniya Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG). Sleva napravo: prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, premyer-ministr Armenii Nikol Pashinyan, prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko, prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev, prezident Kirgizii Sooronbay Jeenbekov, p.rezident, predsedatel kabineta ministrov Turkmenii Gurbangulы Berdыmuxamedov. Sprava nalevo: predsedatel Ispolnitelnogo komiteta - ispolnitelnыy sekretar Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG) Sergey Lebedev, prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i prezident Moldavii Igor Dodon.
Press-slujba premyer-ministra Armenii

Birinchi boʻlib soʻzga chiqqan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon oʻz nutqida Markaziy Osiyo davlatlaridagi ichki xavflarga alohida eʼtibor qaratdi.

“Bu ekstremistik mafkuraning tarqalishi, shuningdek, Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalar zonalaridan MDH davlat fuqarolari qaytishi hisobiga tahdid mavjud”, - dedi Tojikiston yetakchisi.

Tojikiston prezidenti Afgʻonistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev terrorizm tahdidi chegaralarni yuvib tashlamoqda deb aytdi. Terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va narkotrafikka samarali qarshi turish uchun davlatlar oʻrtasida yaqin hamkorlik zarur.

“Bugun Afgʻonistonda roʻy berayotgan barcha voqealar bizni juda tashvishlantiradi. “Demokratik” saylovlar qanday yakun topishi va bu bizga qanday natijalarni olib kelishi tashvishlantiradi”, - dedi Mirziyoyev.

Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov hamkasblarini qoʻllab-quvvatladi.

“Bunday vaziyatda MDH davlatlari xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur. Ayniqsa, chegara xavfsizligi va uni himoya qilish sohasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega”, - deb taʼkidladi Qirgʻiziston yetakchisi.

Qirgʻiziston prezidenti MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari hamkorligini kengaytirish va takomillashtirishni taklif qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu tahdidga yangi xavfni qoʻshish mumkinligini taʼkidladi. U Suriyaning shimoliy-sharqidan Turkiya harbiy operatsiyasi natijasida kurdlar tomonidan ushlab turilgan jangarilar qochishi mumkinligini aytdi.

Asosiy mavzular