15:25 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Zasedaniye senata Oliy Majlisa

Oʻzbekistonning “Mudofaa toʻgʻrisida”gi qonuni yangi tahrirda

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Siyosat
Havola olish
34310

Hujjatda respublikaning harbiy-texnik sohada xalqaro hamkorlik va ilk bor mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish toʻgʻrisidagi maqsad va vazifalar oʻz aksini topgan.

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Senati “Mudofaa toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririni maʼqulladi, xabar qiladi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Qayd etilishicha, hujjatga respublikaning harbiy-texnik sohadagi xalqaro hamkorligi toʻgʻrisidagi modda kiritilgan.

Hujjat boshqa xorijiy davlatlar bilan xavfsizlik va mudofaa sohasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash hamda oʻz mudofaa sanoati kompleksini tashkil etishga qaratilgan. Qonunning yangi tahririga “Mudofaa sohasida xalqaro hamkorlik” moddasi kiritilgan.

Oʻzbekistonning mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari qatorida xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik, barqarorlik va Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash toʻgʻrisida band kiritilgan. Qonunning yangi tahriri mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyevga imzolanish uchun taqdim etildi.

Asosiy mavzular