O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishZaklyuchenniy
Zaklyuchenniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda vaqtincha bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tartibi o‘zgardi. Endilikda O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik xorijliklar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

TOShKENT, 12 okt - Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi. Deputatlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarni ma’qulladilar. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgani uchun belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi haqida xabar qilgan edik. Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni to‘la-to‘kis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0